Osiyo futboli haqida bilishimiz kerak bo'lgan ma'lumotlar

Xayrulla Xoliqov
12 avg 2020, 10:39
Osiyo futboliga oid ma'lumotlarni savol-javob shaklida e'tiboringizga havola qilamiz.

Savol: "Al Hilol" 2019 yil Osiyo chempionlar ligasida zafar quchganida jamoa bosh murabbiyi kim edi?

Javob: Rezvan Luchesku. Ruminiyalik murabbiy "Al Hilol"ni o'tgan mavsumning yarmida qabul qilib oldi. Ungacha esa Gretsiyaning PAOK klubini boshqarib kelayotgan va chempionlik bilan Kubokni qo'lga kiritgandi. Lucheskuga OCHLda zafar quchishi uchun 6 oy etarli bo'ldi. 


Savol: "Al Ahed" bilan o'tgan yil OFK Kubogida zafar quchgan murabbiy kim? 

Javob: Bassem Marmar. Ushbu mutaxassis Livan terma jamoasida bir necha yillar o'ynagan. U Beyrut klubini boshqarib katta muvaffaqiyatga erishdi. OFK Kubogini yutishdan tashqari uch bor mamlakat chempioni bo'ldi.


Savol: Osiyo Kubogi-2019da chempionlikni nishonlagan murabbiyni bilasizmi? 

Javob: Qatar milliy terma jamoasi ustozi Feliks Sanches. 2017 yilning yarmida mamlakat bosh jamoasini qabul qilib olgan ispaniyalik murabbiy bir yarim yil ichida katta muvaffaqiyatga erishdi. Bilasiz, Osiyo Kubogi finalida Qatar Yaponiyani 3:1 hisobida mag'lub etdi.


Savol: Ham OCHL, ham YCHL g'olibligini qo'lga kiritgan murabbiy kim?

Javob: Marchello Lippi. Italiyalik mutaxassis 1995/96 yilgi mavsumda "Yuventus" bilan YCHLda, 2013 yil "Guangju Evergrand" bilan OCHLda zafar quchgan.


Savol: Osiyo Kubogida ikki bor chempion bo'lgan murabbiy kim?

Javob: Karlos Alberto Parreyra. Braziliyalik murabbiy ilk bor 1980 yil Quvayt terma jamoasi bilan qita birinchiligida zafar quchgandi. Oradan 8 yil o'tib navbatdagi musobaqada u Saudiya Arabistoni bosh murabbiyi sifatida oltin medallarga ega chiqqan.


Savol: "Al Hilol", "Al Sadd", "Al Ayn", "Al Ahli", Saudiya Arabistoni MTJ, "Jiangsu" - bu qaysi murabbiyning ish faoliyati marshruti?

Javob: Kosmin Olariu. Ruminiyalik taniqli murabbiy G'arbiy Osiyodagi faoliyati mobaynida to'rtta klub bilan sovringa ega chiqqan. Hozirda Xitoy klubini boshqaryapti.

O'xshash yangiliklar


Xayrulla Xoliqov Muallif
Manba: championat.asia