Osiyo futboli. Gulmuhammadiy "Persepolis"ga qaytdi

Mirjalol Normatov
13 yanv 2020, 19:46
Eronning "Persepolis" jamoasida bosh murabbiy o'zgardi.

Bosh murabbiylik postiga Yahyo Gulmuhammadiy qaytdi.

Qayd etish kerak, Yahyo murabbiylik faoliyati davomida 2012-2013 yilgi mavsumda ham "Persepolis"da ishlagandi.

Shundan keyin u "Zobaxan", "Oqsin Alborz", "Traktor Sozi" va "Padidex"ni ham boshqardi.

2016 yilgi mavsumda "Zobaxan" bilan OCHL doirasida "Bunyodkor"ga qarshi o'yinda jamoani murabbiy sifatida boshlab tushgandi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: instagram.com/theafchub