Osiyo chempionlari "Al Faysali"ga qarshi o'ynashlari mumkin

Narzulla Saydullayev
28 yanv 2018, 15:47
Kecha Xitoyda U-23 Osiyo chempionati finalida Vetnamni mag'lub etgan O'zbekiston U-23 terma jamoasi butun tunda yurtimizga qaytib keladi.

"Nasaf"ning 4 nafar futbolchisi ertaga Qarshiga yetib borishadi va "Al Faysali" bilan 30 yanvar kungi bahsga tayyorgarlikni boshlashadi. Azizjon G'aniev, Odiljon Hamrobekov, Bobur Abduxoliqov va Doniyor Narzullaev Iordaniya klubiga qarshi maydonga tushishlari mumkin.

Eslatib o'tamiz, kecha "Paxtakor" klubi a'zolari Xitoydan to'g'ri Doxaga uchib borishlari haqida xabar bergandik.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia