

"Sky Sports" xabariga ko'ra, "Bavariya" Viktor Osimxen uchun 150 million evro to'lamasligi aniq. Bu "Napoli" o'zining eng yaxshi to'purari uchun olishni istagan summa. Biroq transfer bozoridagi bunday xarajatlar "Bavariya" strategiyasi va falsafasiga zid keladi. Viktor Osimxenning o'zi ham Myunxen klubiga o'tishga tayyor.
"Bavariya" "Napoli" bilan muzokaralarni boshlashni rejalashtirmoqda va ularga nigeriyalik futbolchini Sadio Manega almashtirish va qo'shimcha pul to'lash variantini taklif qilmoqda. Alohida aytish kerakki, "Napoli" Manega yiliga 22 mln evro to'lamaydi.



