

Jurnalist Florian Plettenbergning fikricha, Premer-ligada o'ynash nigeriyalik hujumchining eng katta orzusi hisoblanadi. Xabarlarga ko'ra, hujumchiga "Manchester Yunayted" va "Chelsi" qiziqish bildirmoqda. Osimxen "Bavariya"ga ham o'tishga tayyor, ammo nemis gigantining moliyaviy rejalari tufayli bu transferning amalga oshish imkoniyati pastroq.
Eslatib o'tamiz, Viktor "Napoli"da 2020 yildan buyon o'ynab kelmoqda. Joriy mavsum u barcha musobaqalarda 28 ta o'yinda 23 ta gol urdi. Transfermarkt portali futbolchining narxini 70 million evroga baholamoqda.



