O'rtoqlik uchrashuvlari. "Arsenal" 2-taymda 3ta gol o'tkazib yubordi, "Chelsi" esa kichik hisobda g'alaba qozondi

11 iyun 2020, 00:13
"Chelsi" va "Arsenal" klublari APL mavsumi tiklanishidan oldin Londonda nazorat uchrashuvlarida maydonga tushishdi.

"Arsenal" "Emireyts"da "Brentford" klubiga (2:3) imkoniyatni boy berdi. Vaholanki, to'pchilar tanaffusga 1:0 hisobidagi kichik g'alaba bilan chiqib ketgan, ammo 2-bo'limda o'z darvozasidan 3ta to'p olib chiqqan. (jamoalarning tarkiblari va gol mualliflari oshkor qilinmagan)

"Chelsi" ham o'zining Kobxemdagi bazasida Chempionship vakili bilan to'qnashdi va Pedroning yagona goli evaziga "Reding"dan (1:0) ustun keldi.

Ma'lumot uchun, APL 17 iyunda tiklanadi. Shu kuni "Arsenal" "Manchester Siti" bilan o'ynasa, "Chelsi" 21-da "Aston Villa"ga qarshi maydonga tushadi.

O'xshash yangiliklar


Manba: twitter.com/Arsenal