O'rtoqlik uchrashuvi. "Surxon" Daniya klubiga yirik hisobda yutqazdi

Оқил Абдубарноев
8 fev 2024, 20:28
Turkiyadagi yig'in doirasida "Surxon" klubi Daniyaning "Koge" jamoasiga qarshi o'rtoqlik uchrashuvida maydonga tushdi.

Bellashuv yevropaliklarning 4:1 hisobidagi g'alabasi bilan yakunlandi. Termizliklar tarkibida Asadbek Karimov yagona gol muallifiga aylandi.

Avvalroq "Surxon" futbolchisi raqib darvozasi tomon noto'g'ri belgilangan penaltini atayin noaniq amalga oshirgani haqida xabar berilgandi.

O'xshash yangiliklar


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: championat.asia