O'rtoqlik uchrashuvi. O'zbekiston OTJ - Qatar OTJ 2:0

Narzulla Saydullayev
28 dek 2015
Kecha O'zbekiston olimpiya terma jamoasi Dubay yig'ini doirasidagi eng so'nggi o'rtoqlik uchrashuvini o'tkazdi.

Qatar olimpiyachilariga qarshi o'tgan bahsda Samvel Babayan boshchiligidagi jamoamiz 2:0 hisobida zafar quchdi. Gollarni himoyachilar Doston Tursunov va Akrom Komilov raqib darvozasiga urishdi.

Eslatib o'tamiz, O'zbekiston OTJ bundan oldin KXDR (4:2) va Suriyaga (0:1) qarshi ikkita o'rtoqlik o'yinini o'tkazgandi. 


O'zbekiston - Qatar 2:0

Gollar: Doston Tursunov, Akrom Komilov.


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia