O'rtoqlik uchrashuvi. "Bunyodkor-2" - "O'rikzor" 4:1

Tolibjon Qosimov
5 dek 2015, 14:02
Mamlakatimizda futbol mavsumi yakuniga etdi.

Yuzaga kelgan tanaffusdan unumli foydalanish maqsadida 2-liga vakili hisoblangan "O'rikzor" jamoasi 1-ligada to'p tepuvchi "Bunyodkor-2"ga qarshi o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazdi. O'yin "Bunyodkor" akademiyasiga qarashli sun'iy qoplamali maydonda bo'lib o'tdi. Bahsda Dmitriy Kim boshchiligidagi mezbonlar ustunlik qildi va buni hisobda ham aks ettira olishdi. Yakuniy hisob - 4:1. "O'rikzor" jamoasining yagona golini 73-daqiqada Doniyor Usmonov penaltidan kiritdi.

O'rtoqlik uchrashuvi
"Bunyodkor-2" - "O'rikzor" 4:1
Gollar
: Javohir Qahramonov 5, 34, Aziz Omonov 42 (pen.), Otabek Ahmadjonov 81 - D.Usmonov 73 (pen.)

"O'rikzor": Mirsodiq Mahamatov, Aziz Aminjonov, Doniyor Usmonov, Nuriddin Nasriddinov, Jamshid Islomxo'jaev, Sherzod Qodirov, Shukur Mo'minov, Bahrom G'ofurov, Zoir Toshmatov, Abdulloh Mahkamov, Abdurashid Valixonov.
Zahira: Xojiakbar Nasriddinov, Abdulla Yo'ldoshev, Muhammadqodir Nurmatov, Islom Gaynazarov

Ogohlantirishlar: SH.Qodirov 58



FK "O'rikzor" matbuot xizmati

O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: championat.asia