"Orol" bor yo'g'i 11 futbolchi bilan Quvasoyga tashrif buyuryapti

Aslanov Jasurbek
15 sen 2015, 11:18
Qoralqalpog'istonning bosh jamoasi bo'lgan "Orol"ning bugungi holati juda ham achinarli tarzga kelib ulgurdi.

Mavsum boshidan beri maosh olmagan orolliklar bugun Mansur Abdullaev boshchiligida Quvasoyga 11 nafar futbolchi bilan tashrif buyuradi. 

Jamoa delegaciyasida na zaxira futbolchisi, na murabbiy yo'q. Shifokor haqida aytmasak ham bo'laveradi. 3ta engil mashinaga 4 nafardan kishi birinchi liga o'yinini o'tkazish uchun kecha vodiyga yo'l olgan.

Jamoaning murabbiyi va yetakchi futbolchilari bugungi o'yinda ishtirok etmaydilar. "Orol"dagi bu muammoga yillar davomida guvoh bo'lyapmiz. Ammo Nematullo Quttiboev boshqaruvidagi klub mahalliy muxlislar uchun bir amallab mavsumdan - mavsumga yetib boryaptilar.

Eslatib o'tamiz, bugun "Orol" Quvasoyda "Cementchi" mehmoni bo'ladi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia