O'rgangan oyoq jarohat olmasdan qo'ymas... Dembeledan navbatdagi jarohat

Mirjalol Normatov
3 fev 2020, 20:58
"Barselona" yarim himoyachisi Usmon Dembele navbatdagi jarohatini orttirib oldi.

"RAC" xabariga ko'ra, Dembele "Barselona" mashg'ulotida oyog'ining orqa son qismidan noqulaylik sezgan va shifokorlar yordamida mashg'ulotlarni tark etgan.

Dembele noyabr oyida olgan jarohatidan forig' bo'lishining so'nggi bosqichini o'tkazayotgandi. U so'nggi bora 27 noyabr kuni YCHL doirasida Dortmundning "Borussiya"siga qarshi bahsda qatnashgandi.

Ushbu mavsumda Dembele LaLiganing 5 o'yinida qatnashib, 1 bora raqiblari darvozasiga yo'l topdi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: RAC