"Oq-tepa": Yosh “temiryo'lchilar”ni mag'lub etdik

15 yanv 2015, 23:14
Bugun jamoamiz yangi mavsumga tayyorgarlikning 1-bosqichini yakunladi.

Yig'inning so'nggi kunida “Lokomotiv” o'rinbosarlariga qarshi nazorat uchrashuvi o'tkazildi. Yosh “temiryo'lchilar”ga qarshi o'yin ancha qiziqarli, hujumkor ruhda o'tdi. Ikkinchi bo'limda urilgan yagona gol bellashuv taqdirini hal qildi. Gol Zafar Qoraqulov hisobiga yozildi.

Aytish kerak, mazkur yig'inning so'nggi kunlarida tarkibga Vladislav Pavlovskiy, Jasur Saidov, Akmal Jo'raev va Elyor Jahonov singari futbolchilar qo'shildi. Yig'in boshida Akbar Sattaev, Suhrob Sarimsoqov va Jaloliddin Saidov mashg'ulotlarda ishtirok eta boshlagandi. Qolaversa, ma'lum muddat “Olmaliq” jamoasi mashg'ulotlarida qatnashgan Berumiy Abdunabiev ham “Oq-tepa”ga qaytib keldi. Hozircha hech bir futbolchi bilan shartnoma imzolangani yo'q.

Shu bilan tayyorgarlikning birinchi bosqichi yakunlandi. Uch kunlik tatildan so'ng, aniqrog'i, 19 yanvar kuni tayyorgarlikning ikkinchi bosqichi boshlanadi.

Nazorat uchrashuvi
“OQ-TEPA” – “LOKOMOTIV” (o'rinbosarlar) – 1:0 (0:0)
15 yanvar. Toshkent. “Oq-tepa” stadioni.
“Oq-tepa”: Islom Yoqubov, Akbar Sattaev (Jaloliddin Saidov, 75), Mahsudjon Hayitov, Farrux Yo'ldoshev (Abdumavlon Tursunov, 80), Jasur Saidov, Zafar Qoraqulov (Maruf Ahmadjonov, 70), Sobir Usmonxo'jaev, Nodir Teshaboev (Elyor Jahonov, 46), Ildar Magdeev (Suhrob Sarimsoqov, 60), Vladislav Pavlovskiy (Berumiy Abdunabiev, 46), Sardor Soibov.
Gol: Zafar Qoraqulov, 69 – 1:0.


Manba: oq-tepa.uz