"Oq-tepa": “Spartak” mag'lubiyatga uchratildi

Narzulla Saydullayev
24 mar 2015, 10:51
Bugun jamoamiz “Chilonzor” sun'iy qoplamali maydonida navbatdagi nazorat uchrashuvini o'tkazdi.
Qozog'iston chempionatining birinchi ligasi vakili “Spartak” klubiga qarshi o'yin taqdirini bitta gol hal qildi. Jamoalar bir nechta golli vaziyatlarni yarata olishgan bo'lsa-da, undan foydalana olishmadi. Yagona gol Anvar Rahimov hisobiga yozildi. Yarim himoyachi hakam tomonidan qo'shib berilgan daqiqalarda 20 metrlardan belgilangan jarima to'pini ajoyib tarzda darvozaga yo'lladi.

Eslatib o'tamiz, “Oq-tepa” navbatdagi nazorat uchrashuvini ertaga “Xorazm”ga qarshi o'tkazadi.

Nazorat uchrashuvi
OQ-TEPA – SPARTAK (Qozog'iston) – 1:0 (0:0)
23 mart. Toshkent. “Chilonzor” stadioni.
Bosh hakam
: Murod Muhamedov.
“Oq-tepa”: Rustam Dadaboev, Eldor Ergashev (Muhammadali Fayzullaev, 70), Yaroslav Krushelnickiy, Temur Yafarov, Farhod Miraahmatov, Ildar Magdeev, Anvar Rahimov, Sardor Soibov (Sobir Usmonxo'jaev, 70), Aziz Fayziev (Zafarjon Qoraqulov, 27), Temur Hakimov (Izzatilla Abdullaev, 62), Abdulaziz Yusupov (Berumiy Abdunabiev, 56).
Gol: Anvar Rahimov.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: oq-tepa.uz