Aleksandr Tokov ("Oq-tepa" bosh murabbiyi): - Bugun ham avvalgi bellashuvlarda bo'lgani kabi raqib darvozasini ishg'ol qilish uchun juda ko'p imkoniyatlarga ega bo'ldik. Agar futbolchilarim yaratilgan vaziyatlardan foydalanishganida o'yin taqdirini nazariy jihatdan tanaffusga qadar hal qilgan bo'lardik. Ammo har doimgi “kasallik” yana pand berdi.
Ikkinchi bo'lim ham biz uchun yomon boshlanmagandi. Hatto ikkinchi golni ham urgandik, biroq qanot hakami Ahmadjonovni “ofsayd”dan gol urdi deb hisobladi. Ochig'i, hakamning bu qaroriga tushunmadim. Hujumlarimiz golga aylanavermagach, yigitlar diqqatni yo'qotib qo'yishdi. Ayniqsa, himoyachilar o'zlariga o'xshamay qolishdi. Natijada butun o'yin davomida ikki marta jiddiy xavfli hujum tashkil qilgan mehmonlar g'alabani ilib ketishdi.
Sayfulla Sharipov ("Sherdor" bosh murabbiyi): – “Andijon”ga qarshi o'yindagi mag'lubiyatdan keyin “Oq-tepa” bilan bo'ladigan bahsga jiddiy tayyorgarlik ko'rdik. Raqibning o'yinini o'rganib chiqib, shunga mos ravishda tayyorlandik. Garchi bugungi bellashuvga ayni uchrashuv arafasida yetib kelgan bo'lsak-da, bu bizga salbiy ta’sir qilgani yo'q.
Bugun maydon egalariga munosib qarshilik ko'rsatdik. Birinchi bo'limda o'z darvozamizdan bitta to'p olib chiqdik. Tanaffusda shogirdlarimga o'z o'yinlarini ko'rsatishlarini ta'kidladim, qolaversa, hujumlar sonini oshirishlarini ham so'radim. Bu yakunda o'z samarasini berib, biz ajoyib va muhim g'alabaga erishdik.