“Oq-tepa”: Nazorat uchrashuvida “Toshkent”ga yutqazdik

Narzulla Saydullayev
2 okt 2013, 17:21
Kecha “Oq-tepa” o'z maydonida nazorat uchrashuvi o'tkazdi.
Toshkent viloyati birinchiligining (2-liga) 2013 yilgi chempioni “Toshkent” jamoasiga qarshi maydonga tushgan “Oq-tepa” 1:2 hisobida imkoniyatni boy berib qo'ydi. Bosh murabbiy Aleksandr Tokov mazkur uchrashuvda yoshlarga va asosiy tarkibga kira olmayotgan futbolchilarga imkoniyat berdi. Sababi, juma kuni bosh jamoa O'zbekiston Birinchiligining 2-bosqich 11-tur uchrashuvida “Alanga”ga qarshi safarda maydonga tushadi. Shu bois, asosiy tarkib o'yinchilariga dam berildi.
 
Shunday bo'lsa-da, mehmonlar darvozasini ishg'ol qilish uchun etarlicha imkoniyatga ega bo'ldik. Ayniqsa, ikkinchi bo'limda. Ammo birinchi bo'limda o'tkazib yuborilgan ikki gol mag'lubiyatimizga etarli bo'ldi. “Toshkent”ning ikki goliga ikkinchi bo'limda zaxiradan maydonga tushgan Maruf Ahmadjonov bir to'p bilan javob qaytardi.
 
Nazorat uchrashuvi
“OQ-TEPA” – “TOSHKENT” – 1:2 (0:2)
1 oktyabr. Toshkent. “Oq-tepa” stadioni
Gol:
Maruf Ahmadjonov.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: oq-tepa.uz