"Oq-tepa": Ertaga "Nurafshon" bilan o'yin

Narzulla Saydullayev
20 apr 2016, 15:15
Ertaga O'zbekiston Birinchiligida 4-tur o'yinlariga yakun yasaladi.

Turning navbatdagi uchrashuvida "Oq-tepa" Buxoroning "Nurafshon" jamoasini qabul qiladi. Mazkur raqiblar birinchi ligada ilk bor to'qnash kelishmoqda. Aytish kerak, raqib liganing bu yilgi debyutanti bo'lsa-da, 3 turdan keyin peshqadam bo'lib turibdi. Qolaversa, O'zbekiston Birinchiligida mag'lubiyatga uchramagan ikki klubning biridir. Shu bois ertanggi bellashuv qiziqarli o'tishini taxmin qilish qiyin emas.

O'ZBEKISTON BIRINCHILIGI - 2016
OQ-TEPA - NURAFSHON
21 aprel. Toshkent. "Oq-tepa" stadioni. 16:00
Bosh hakam:
Igor Xudaydotov (Toshkent).
Qanot hakamlari: Rustam Tolibjonov (Farg'ona), Abror Jo'raxonov (Andijon).
Nazoratchi: Konstantin Smirnov (Qarshi).

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: oq-tepa.uz