“Oq-tepa” Aleksandr Mochinov bilan do'stona xayrlashdi

Narzulla Saydullayev
12 iyun 2014, 19:22
Bugun “Oq-tepa” qarorgohida navbatdan tashqari yig'ilish bo'lib o'tdi.
Mazkur yig'ilishda klub mutasaddi rahbarlari, futbolchilar va murabbiylar shtabida faoliyat ko'rsatayotgan insonlar ishtirok etdi.

So'zga chiqqan bosh murabbiy Aleksandr Mochinov yig'ilganlarga minnatdorchilik bildirib, o'z xohishiga ko'ra iste'foga chiqishini ma'lum qildi. Qolaversa, yordamchi murabbiy Anatoliy Kurlaev va mamur Botir Murodov ham iste'foga chiqdi. Klubimiz rahbariyati murabbiylar shtabida faoliyat ko'rsatgan bu insonlarning qarorlarini hurmat qilgan holda, keyingi ishlariga omad tilab, do'stona xayrlashdi.

Eslatib o'tamiz, Aleksandr Mochinov shu yilning 6 fevral sanasida “Oq-tepa” jamoasi bosh murabbiyi etib tayinlangan edi. Yosh mutaxassis qo'l ostida jamoamiz O'zbekiston Birinchiligi bahslarida 13ta uchrashuvda maydonga tushib, raqiblardan bir o'yin kam o'tkazgan holda turnir peshqadami bo'lib turibdi. Qolaversa, “Oq-tepa” O'zbekiston Kubogi bahslarida chorak finalga qadar yetib keldi. Jamoamiz qayd etgan bu natija o'zbek futboli jamoatchiligi orasida etirof etildi.

Bugundan boshlab jamoani navbatdagi uchrashuvlarga Farhod Abdurasulov tayyorlaydi. Unga yordamchi murabbiy Aziz Muhamedov yordam beradi.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: oq-tepa.uz