“Oq-tepa”. Agar hayot bo'lganida...

Aslanov Jasurbek
12 yanv 2016, 17:01
Bugun 12 yanvar. 2016 yilning o'n ikkinchi kuni.

Bugun “Oq-tepa” futbol klubi uchun 15 yillik hayotini bag'ishlagan marhum Farhod Abdurasulovning tavallud topgan kuni. 

Bugun Farhod Abdurasulov hayot bo'lganida 52 yoshni qarshi olgan bo'lar edi. Afsus... Umrini millionlar o'yinining rivoji uchun bag'ishlagan insonga bu kunlarni ko'rish nasib qilmagan ekan.

Bugun “Oq-tepa” futbol klubi rahbariyati, jamoa a'zolari Farhod Abdurasulovni chuqur ehtirom bilan yodga oldi.  


MA'LUMOT UCHUN

ABDURASULOV FARHOD ABDUNABIEVICH

Tug'ilgan sanasi: 12.01.1964 yil

Vafot etgan sanasi: 03.10.2015 yil

Tug'ilgan joyi: Toshkent shahri

Futbolchilikdagi ampluasi: himoyachi

“Spartak” va “Chig'atoy” futbol maktablari tarbiyalanuvchisi.

Birinchi murabbiylari: Maruf Akbarov, Sergey Arutyunov.

O'ynagan jamoalari: “Sohibkor” (Xalqobod, 1981-1986 yillar), “Xonqa” (Xorazm, 1987-1988 yillar), “Diyonat” (Toshkent, 1989-1990 yillar), “Atlaschi” (Marg'ilon, 1991-1992 yillar), “Chirchiq” (1993-1994 yillar), “Rohat” (Qibray, 1995-1997 yillar), “Shayxontohur” (o'ynovchi murabbiy, 1997-1999 yillar).

2000 – 2015  yillar oralig'ida “Oq-tepa” jamoasida ishlagan. 15 yil davomida klubda jamoa boshlig'i, mamuri, bolalar futbol maktabi direktori, murabbiyi va bosh murabbiyi lavozimlarida faoliyat ko'rsatgan. 

Shogirdlari: Shahzod Nurmatov (“Bunyodkor”), Alisher Shog'ulomov (“Buxoro”), Berumiy Abdunabiev, Nikita Pavlenko (“Olmaliq”), Sardor Qobuljonov (“Buxoro”), Umid Zufarov.








O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: oq-tepa.uz