Opta: Klublar o'rtasidagi JCHda PSJ favorit hisoblanmoqda

Iskandarov Abdulaziz
6 iyul 2025, 12:23
Klublar o'rtasidagi JCH qizg'in pallada.

1/4 final bosqichi yakunlanganidan so'ng, Opta superkompyuteri 2025 yilgi Klublar o'rtasidagi JCHda g'olib chiqish ehtimollari bo'yicha yangilangan prognozni e'lon qildi. Bu haqda Opta Analyst portali xabar berdi.

Xabarga ko'ra, final yo'llanmasi uchun kurashayotgan jamoalar orasida eng yuqori ehtimol - 38,54% bilan Fransiyaning “Pari Sen-Jermen” jamoasiga tegishli. Undan keyingi o'rinda Angliya grandi “Chelsi” turibdi - 33,86%, Ispaniyaning “Real” klubi esa 24,67% imkoniyatga ega. Braziliya chempioni “Fluminense” esa hozircha autsayder sifatida baholanmoqda - ularning g'alaba ehtimoli 2,93% deb ko'rsatilgan.

Yarim final juftliklari ham ma'lum:
- 8 iyul kuni “Fluminense” Angliyaning “Chelsi”siga qarshi maydonga tushadi.
- 9 iyul esa yana bir kutilgan to'qnashuv - “PSJ” va “Real” o'rtasidagi bahs bo'lib o'tadi.

Final 13 iyul kuni bo'lib o'tadi. Unda yarim final g'oliblari jahon chempioni unvoni uchun bahs olib borishadi.

O'xshash yangiliklar


Iskandarov AbdulazizMuallif
Manba: Opta Sport