Omar Abdulrahmon jiddiy jarohat oldi

Xayrulla Xoliqov
21 okt 2018, 10:05
Kecha Saudiya Arabistoni Pro ligasida navbatdagi tur bahslari o'tkazildi.

Safarda "Al Shabab" mehmoni bo'lgan "Al Hilol" 1:0 hisobida g'alaba qozondi. O'yinning 12-daqiqasida noxush voqea yuz berdi. "Al Hilol" yetakchilaridan biri Omar Abdulrahmon tizzasidan og'ir jarohat olib maydonni shifokorlar yordamida tark etdi.

Shundan so'ng uning o'rniga Abdulla Otayf bahsni davom ettirdi. BAA milliy terma jamoasi a'zosi Omar Abdulrahmonning jarohati ancha jiddiyligi aytilmoqda. U balki to'rt oy maydonga tusha olmasligi ham mumkin. Agar shunday bo'lsa, Abdulrahmon yanvarda bo'lib o'tadigan Osiyo Kubogi-2019 musobaqasini o'tkazib yuboradi.

O'xshash yangiliklar


Xayrulla Xoliqov Muallif
Manba: championat.asia