"Oltin to'p": Sovrin uchun yana 5 da'vogar nomi e'lon qilindi

Aslanov Jasurbek
24 okt 2016, 17:25
France Football nashri tomonidan topshiriladigan "Oltin to'p" sovriniga nomzod bo'lgan navbatdagi 5 futbolchi nomi e'lon qilindi.

Ikkinchi beshlik bilan tanishing:

Zlatan Ibragimovich ("Manchester Yunayted")

Andres Inesta ("Barselona")

Koke ("Atletiko")

Toni Kroos ("Real")

Robert Levandovski ("Bavariya")

Avval e'lon qilinganlar: Kevin de Bryuyne ("Manchester Siti"), Paulo Dibala ("Yuventus"), Diego Godin ("Atletiko"), Antuan Grizmann ("Atletiko"), Gonsalo Iguain ("Yuventus"), Serxio Aguero ("Manchester Siti", Per-Emerik Obameyyang ("Borussiya" D), Garet Beyl ("Real"), Janluiji Buffon ("Yuventus") va Krishtianu Ronaldu ("Real").

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia