Olmo umid qilishda davom etadi

Mirjalol Normatov
2 yanv 2025, 22:55
Futbolchi Dani Olmo hali hamon LaLigaga ro'yxatdan o'tishiga umid qilmoqda.

Oldinroq rasmiy ravishda "Barselona" Dani Olmo hamda Pau Viktorlarni ikkinchi davra uchun LaLigada ro'yxatdan o'tkaza olmasligi ma'lum qilingandi. "Marca" ma'lumotiga ko'ra, Olmo hali hamon ruxsat berishini kutmoqda. U klub prezidenti Joan Laportaning bergan vadasini ustidan chiqishga umid bildiryapti.

Manbalarning yozishicha, bu ish bo'yicha ertangi kun eng muhimi hisoblanadi. Klubdagilar "Kamp-Nou"ning VIP-lojalaridan tushadigan foyda hujjatlarini vaqtida taqdim qilgan deb hisoblaydi. Bu boradagi pullar juma kuni klub hisob raqamiga kelib tushadi.

Olmoning o'zi esa hali kelajagini aniqlashtirib olganicha yo'q, u LaLigada ro'yxatdan o'ta olmasa, nima qilishi kerakligini bilmaydi. Futbolchining agentlari mijozini boshqa jamoaga ijaraga berish yo'llarini qidirmoqda.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Marca