"Olmaliq": Bobojonov, Mamadaliev va Gogol tarkibga qo'shildi

Aslanov Jasurbek
7 yanv 2015, 12:06
Bugun jamoa ikki mahal mashg'ulot o'tkazdi.

Tarkib shakllanishi esa davom etmoqda.

Ertalabki mashg'ulotlarda o'tgan mavsum "Dinamo" sharafini himoya etgan Azamat Bobojonov, "Metallurg" yarim himoyachisi Sunnatila Mamadaliev va jamoamizning sodiq legionerlaridan biri Evgeniy Gogol ishtirok etdi. 

Ertaga jamoa safiga moldovalik himoyachi Adrian Kashkaval qo'shilishi kutilmoqda. 1987 yilda tug'ilgan futbolchi Moldova terma jamoasi a'zosi hisoblanadi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: fc-olmaliq.uz