Oliy ligaga o'tish o'yini Olmaliqda bo'ladi, faqat qachon?

Aslanov Jasurbek
18 noya 2015, 21:05
Oliy ligaga o'tish o'yini Olmaliqda bo'ladi.

PFL rasmiy saytining rus tili bo'limi bugun oliy ligaga o'tish o'yini Olmaliq shahridagi OTMK stadionida bo'lib o'tishi e'lon qildi.

Xabaringiz bor, o'tish o'yinida oliy liganing 15-pog'onasidan joy olgan jamoa bilan 1-ligada mavsumni 2-o'rinda yakunlagan klub ishtirok etadi. O'tish o'yining birinchi ishtirokchisi "Oq-tepa". Ikkinchi ishtirokchi juma kuni bo'lib o'tadigan oliy liganing so'nggi turidan keyin aniq bo'ladi. 

Xullas, PFL rasmiy saytining rus tili bo'limi uchrashuv Olmaliq shahridagi OTMK stadionida bo'lib o'tishini, o'yin 14:00da start olishini ma'lum qildi, lekin bahs qaysi kuni o'tkazilishini e'lon qilgani yo'q.

Quyidagi skrinshot so'zimizga isbot bo'ladi. Balki texnik xatodir?! Ish bor joyda kamchilik bo'ladi, deyishadiku?! 


O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia