

Yaqinda yakuniga etgan chorak final bahslaridan so'ng amaldagi chempion "Olmaliq", o'tgan yilgi finalchi "Ardus", "Do'stlik-AIN" hamda "Bunyodkor" jamoalari yarim final yo'llanmasini qo'lga kiritgan edilar.
Yarim finalda juftliklari quyidagicha ko'rinish olgan:
"Olmaliq" - "Bunyodkor"
"Ardus" - "Do'stlik-AIN"
Barcha uchrashuvlar "O'zbekiston" sport majmuasida o'tkaziladi.
Eslatib o'tamiz, yarim final o'yinlari tomonlardan birining ikkita g'alabasiga qadar davom etadi.



