

Uchrashuvda "Paxtakor" 2:1 hisobida zafar quchdi. Shunday qilib, "Lokomotiv" ushbu mavsumda oliy ligada birinchi marta mag'lubiyatga uchradi. So'nggi bor "temiryo'lchilar" 2015 yil oliy liganing 21-turida aynan "Paxtakor"ga 1:2 hisobida yutqazgandi. "Loko" shundan keyin ketma-ket 31ta o'yinda (o'tgan yil 9ta, bu yil 22ta) yutqazmagandi.



