Oliy liga-2015 yakunlari. "Metallurg" haqida

Narzulla Saydullayev
9 dek 2015
2015 yilgi mavsumda ishtirok etgan barcha klublar haqida ma'lumot berishni davom ettiramiz.

Bugun Bekobodning "Metallurg" klubi haqida ma'lumot beramiz.

Mavsum
Klub mavsumni o'z maydonida "Lokomotiv" bilan durang bilan boshladi va dastlabki uchta turda umuman mag'lub bo'lmadi. 8-turga kelib jamoa 13-o'ringa tushib ketdi. Keyin Qarshida "Nasaf" taslim qilindi, o'z maydonida "Andijon" tor-mor etildi - 5:1. Davra oxirida "Metallurg" 7-pog'onani band etishdi. Chempionat so'nggida esa Bekobod klubi xuddi o'tgan yildagi kabi 9-o'rinni egalladi.


Murabbiylar
Jamoaning uzoq yillik ustozi Rustam Mirsodiqov 23-turga qadar bosh murabbiylik qildi. "Paxtakor" bilan o'yindan so'ng O'FF tajribali murabbiyning licenziyasini qaytarib oldi. Mavsum oxirigacha jamoani Shavkat Saidov boshqardi.



Yetakchi
Oxirgi yillarda "Metallurg" deganda Hikmat Hoshimov ko'z oldimizga keladigan bo'lib qoldi. Tajribali himoyachi bu yil ham jamoaning asosiy futbolchisi bo'ldi. Hoshimov 2015 yilgi oliy ligada barcha o'yinlarda to'liq o'ynagan ikki futbolchidan biri bo'ldi. U 30ta o'yinning barchasida to'liq (2700 daqiqa) harakat qildi. Hikmat Hoshimov keyingi yil ham "Metallurg"da yoshlarga bosh bo'lishi kutilmoqda.


Kashfiyot
Saidjon Abdujabborov. 1992 yilda tug'ilgan yarim himoyachi o'tgan yil oliy ligada faqat bitta o'yinda ishtirok etgandi. Bu yil esa 24ta o'yinda maydonga tushib raqiblar darvozasiga 7ta gol urishga muvaffaq bo'ldi. "Qo'qon-1912" va "Olmaliq"qa qarshi o'yinlarda dublga erishgan futbolchi nafaqat klub safida balki oliy liganing o'zida ham kashfiyotlardan biri bo'ldi.



Eng yaxshi o'yin
"Metallurg" - "Andijon" 5:1

Bekobod klubi mavsumdagi eng yirik g'alabani "Andijon" bilan o'yinda qo'lga kiritdi. 10-turdan o'rin olgan uchrashuvda Murodjon Toshmatov va Shahzodbek Nurmatov dublga erishgandi. "Burgutlar" darvozasiga kiritilgan yana bir to'pga Saidjon Abdujabborov mualliflik qilgan. "Andijon" safida Lochin Soliev penaltidan yagona javob golini urgandi - 5:1.



Eng yaxshi futbolchi
Shahzodbek Nurmatov. Keyingi yilni boshqa klubda o'tkazishi mumkin bo'lgan hujumchi so'nggi yillarda muntazam ravishda "Metallurg"ning to'purari bo'lib kelmoqda. Bu yil Nurmatov 26ta o'yinda maydonga tushib 10ta gol urishga erishdi. Hujumchi "Andijon", "Qizilqum" va "Navbahor"ga qarshi bahslarda dublga erishdi.



Kim qancha o'ynadi?

FutbolchiAmplua   
Tug'.sanaO'yin    
Daqiqa    
Gol   
SK    
QK   
Hoshimov HikmatHim12.11.1979     
302700010
Odilov DoniyorHim16.02.1989282312061
Karimqulov DavronHim13.03.1981272423020
Toshmatov MurodjonHim21.06.1991272105420
Sulaymonov Mirg'iyosYahm02.01.19912623342100
Nurmatov ShahzodbekHuj18.09.19912622211030
Ziyovuddinov AlisherYahm27.06.1992261443240
Vagapov RuslanYahm22.01.1980241990340
Abdujabborov Saidjon         
Yahm     
08.07.1992241775730
Karimov DilmurodYahm27.06.1989231310380
No'monov AyubxonHuj22.07.1991211819760
Mirabdullaev JavlonHim19.03.1994201735080
Safoev ZafarDar24.06.1991171530000
Kovalev AleksandrHim24.09.1986161069010
Norbekov ShoxnazarHuj18.07.199416833220
Sultonov SuxrobDar26.03.1990131170000
Abdullaev ZohidHuj25.05.198411235110
Akbarov Mirto'raHuj30.09.19899256100
Rasulov SardorHuj05.09.19899244100
Esonov NozimjonHim23.02.19873187000
Izoh:
* - birinchi davradan so'ng jamoani tark etganlar.
** - ikkinchi davrada jamoaga kelganlar



"Metallurg-2015" mavsum statistikasi

O'yinlar30
Gollar44
Uydagi gollar27 (61,36%)
Mehmondagi gollar17 (38,64%)
O'tkazilgan gollar38
Uyda o'tkazilgan gollar21 (55,26%)
Mehmonda o'tkazilgan gollar17 (44,74%)
O'rtacha gol1,47
O'rtacha o'tkazilgan gol 1,27
Uydagi ochkolar22/45 (48,89 %)
Mehmondagi ochkolar14/45 (31,11 %)
Eng yirik g'alaba5:1 - "Andijon"
Eng yirik mag'lubiyat2:3 - "Navbahor", "Paxtakor"     
"Quruq" o'yinlar7 (23,33%)
Gol ura olmagan o'yinlar7 (23,33%)
Irodagi g'alaba1
Yirik g'alabalar3
Yirik mag'lubiyatlar0
Avtogol (urilgan/o'tkazilgan)1/0
Ogohlantirishlar (o'rtacha)61 (2,03)
Chetlatishlar (o'rtacha) 1 (0,03)
Maydonga tushganlar (legioner)           
20 (0 - 0%)
Tomoshabinlar (jami/o'rtacha)81355/2712

Oliy liga-2015 yakunlari. "Paxtakor" haqida

Oliy liga-2015 yakunlari. "Lokomotiv" haqida

Oliy liga-2015 yakunlari. "Nasaf" haqida

Oliy liga-2015 yakunlari. "Bunyodkor" haqida

Oliy liga-2015 yakunlari. "Neftchi" haqida

Oliy liga-2015 yakunlari. "Olmaliq" haqida


Oliy liga-2015 yakunlari. "Mashal" haqida

Oliy liga-2015 yakunlari. "Navbahor" haqida


Narzulla Saydullaev


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia