
"So'nggi kunlarda meni bu terma jamoadan ham ketganligim haqida ayta boshlashdi. Aslida esa men o'z joyimda faoliyat olib borayapman. Barchasi reja asosida ketyapti va biz murabbiylar shtabi bilan selekciya ishlarini davom ettiryapmiz. Bugunga kelib 2000 yillarda tavallud topgan futbolchilar Buxoroda tayyorlov guruhi musobaqasida ishtirok etyaptilar. Yordamchilarim Otabek G'ulomxo'jaev va Sarvar Haydarov menga yaqindan ko'maklashib turibdilar. Maqsadimiz keyingi yil bo'lib o'tadigan saralash o'yinlarida muvaffaqiyatli ishtirok etib Osiyo chempionatiga yo'l olish", - deydi Temur Olimxo'jaev.