"Olimpik" nazorat o'yinida "So'g'diyona"ni mag'lub etdi

Mirjalol Normatov
14 noya 2021, 17:09
Timur Kapadze boshchiligidagi "Olimpik" jamoasi bugun "Jar" zaxira stadionida "So'g'diyona"ga qarshi nazorat o'yinini o'tkazdi.

Kechagina "Dinamo"ga qarshi o'yin o'tkazgan Toshkent jamoasi tarkibi U-18 tarkibi bilan aralashgan holda Superliga vakiliga qarshi bahs olib bordi va 3:2 hisobida g'alabaga erishdi. Bahsning birinchi bo'limida "Olimpik" raqib postiga uch bora yo'l topgandi. Ikkinchi bo'limda esa "So'g'diyona" ikki marta darvozani ishg'ol qildi.

NAZORAT UCHRASHUVI

"Olimpik" - "So'g'diyona" 3:2

Gollar: Bektemir Abdumannonov, Ruslan Jiyanov, Davron Anvarov - Shohruz Norxonov, Ayubxon No'monov

"Olimpik": Vladimir Nazarov, Saidazamat Mirsaidov, Doston Tursunov, Jaloliddin Sodiqov, Xamidxon Rustamxonov, Davron Anvarov, Farruxbek Muxtorov, Ruslan Jiyanov, Bektemir Abdumannonov, Temur Mamasiddiqov, Ikrom Erkinov.
Zaxiradan maydonga tushganlar: Dilshod Yuldashev, Temur Telegenov, Sulaymon Allaberganov

"So'g'diyona": 27. Milan Mitrovich, 4. Elyor Orifov, 5.Ayubhon No'monov, 6. Iskandar Shaykulov, 8. Jamshid Boltaboev, 11. Jasur Hasanov (28. Ergash Ismoilov, 46), 17. Shahboz Jo'rabekov (18. , 84),10. Shohruz Norxonov, 19. Javohir Qahramonov, 31. Luka Chermel, 93. Marko Kolakovich.
Zaxiradan maydonga tushganlar: Darko Stanoevich, Sahob Rashidov, Ergash Ismoilov, Jasur Hakimkov, Shirinboy Abdullaev, Sardor Qulmatov, Nodir Qo'yboqov, Muxsin Bozorov.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: "Олимпик" матбуот хизмати