"Olimpiakos"ga qarshi o'yinda Jons, Evans va Nani ishtirok etmaydi
Tolibjon Qosimov
24 fev 2014, 18:34
Himoyachilar Jonni Evans va Fil Jons Chempionlar Ligasi doirasida "Olimpiakos" bilan o'yinda "Manchester Yunayted"ga yordam bera olmaydi, deya Daily Mirror xabar bermoqda.
Ularning har ikkisi ham sonidan olgan earohati tufayli jamoa bilan Gretsiyaga uchmadi. Shuningdek, "qizil" iblislarga qanot yarim himoyachisi Nani ham yordam bera olmaydi.