Oliy liga klublari yanvar oyi boshida qayerda yig'in o'tkazishadi?

Narzulla Saydullayev
3 yanv 2014, 21:27
Oliy liga klublari bayramni o'tkazib olgach yana yig'inlarni boshlab yuborishdi.
Ko'pchilikning taklifiga ko'ra oliy liganing barcha 14 klubi yanvar oyi boshida qayerda va qachondan yig'inni boshlashlari haqida ma'lumot to'pladik.

Tez orada klublarning nazorat o'yinlari haqida ham ma'lumotlar paydo bo'la boshlaydi. Qishki yig'inlar, transferlar, nazorat o'yinlari, intervyular haqida batafsil va tezkor ma'lumotlarni bilishni istasangiz "SA"dan uzoqlasha ko'rmang.

Qishning sovuq kunlarini qaynoq futbol xabarlari bilan o'tkazing.

"Bunyodkor" - 3-15 yanvar Toshkent
"Lokomotiv" 3-10 yanvar Toshkent
"Nasaf" 3-8 yanvar Qarshi
"Paxtakor" 3 yanvardan Toshkent
"Olmaliq" 4-14 yanvar Toshkent
"Metallurg" 6 yanvardan Chirchiq
"Buxoro" 3 yanvardan Buxoro
"Dinamo" 3-13 yanvar Samarqand
"Neftchi" 3 yanvardan Farg'ona
"So'g'diyona" 6-30 yanvar Jizzax
"Navbahor" 4 yanvardan Namangan
"Qizilqum" 5 yanvardan Navoiy
"Mashal" 4 yanvardan Yangier
"Andijon" 3-15 yanvar Andijon.


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia