Oliy liga. 12-turda gol urgan futbolchilar

16 iyun 2014, 16:37
Oliy ligamizda 12-tur o'yinlari yakuniga etdi.
Bu turda ikkita o'yinda durang natija qayd etildi. “Buxoro” o'z maydonida “Dinamo” bilan 1:1 hisobini qayd etgan bo'lsa, “Qizilqum” safarda “Metallurg” bilan shu hisobda durang o'ynadi. Shuningdek, uchta uchrashuvda mezbonlar zafar quchishdi.

Bu turda “Nasaf”, “Bunyodkor” va “Navbahor” o'z maydonida navbatdagi g'alabani qo'lga kiritdi. Mehmonlardan esa “Paxtakor” bilan “Lokomotiv” bir xil 1:0 hisobida g'alaba qozonishdi. 12-turda uchta jamoa to'p kirita olmadi: “So'g'diyona”, “Neftchi” va “Andijon”.

Artur Gevorkyan “Mashal” darvozasiga uchta to'p kiritib, xet-trik qayd etdi. Shahboz Erkinov esa o'z hisobiga ikkita gol yozib qo'ydi. Qolgan futbolchilar esa bittadan gol urishdi. Quyida 12-turda to'p kiritgan futbolchilarni keltirib o'tamiz.

“LOKOMOTIV”
Jasur Hasanov – 1

“PAXTAKOR”
Boyan Miladinovich – 1

“BUNYODKOR”
Aleksandr Pishur – 1
Sardor Rashidov – 1

“NASAF”
Alisher Yusupov – 1
Artur Gevorkyan – 3

“OLMALIQ”
Sherzod Hakimov – 1

“NAVBAHOR”
Baxtiyor Yoqubov – 1
Shahboz Erkinov – 2

“MASH'AL”
Mo'ydin Mamazulunov – 1
Jahongir Abdumo'minov – 1

“QIZILQUM”
Vladimir Shishelov – 1

“METALLURG”
Dilmurod Karimov – 1

“BUXORO”
Predrag Vuyovich – 1

“NEFTCHI”
Hech kim urmadi

“DINAMO”
Farrux Shotursunov – 1

“SO'G'DIYONA”
Hech kim urmadi

“ANDIJON”
Hech kim urmadi

Manba: championat.asia