"Old Trafford" ta'mirtalab holatda, derbida betonning ayrim qismlari muxlislarning ustiga tushgan

Mirjalol Normatov
21 noya 2023, 23:14
"Old Trafford"ga tashrif buyurgan muxlislarga beton bo'laklari tushgan.

Yaqindagina ushbu stadionda "Manchester Yunayted" va "Manchester Siti"ning ayollar jamoalari o'zaro bahs olib bordi.

Ushbu uchrashuvga tashrif buyurgan muxlis tvittyerda shunday post qoldirdi: "Old Trafford"ning ta'mirtalab holga kelib qolganining yana bir isboti... Stadion shiftining kichik qismi 2401-sektorda bo'lgan ikki muxlisning ustiga tushgan. Ahmoqona shou!", - deb yozadi muxlis.

Stadion qurilganiga 114 yil bo'ldi. Uni 2006 yilda rekonstrukciya qilishgan. Biroq so'nggi yillarda "Old Trafford"ning tomi emirilayotgani borasida ma'lumotlar ko'payib ketdi. 2006 yilda stadionda kalamushlarning ko'payib ketgani sababli ko'plab muammolar to'g'rilanmagandi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal