

Sakkiz bor Olimpiya o'yinlarida qatnashgan tajribali sportchining takidlashicha, Messi ham, Ronaldu ham yoshiga qaramay eng yuqori darajada harakat qilmoqda.
"Messining qanday yugurayotgani va qanday o'ynayotganiga qarang. U maydonda shunchaki yurmaydi, jamoasi uchun kurashadi. Xuddi shunday Krishtianu Ronaldu ham juda yaxshi o'ynadi. Menimcha, u ushbu jahon chempionatida Messidan kam harakat qilmadi. Har bir sportchi bunday yirik musobaqaga faqat g'alaba qozonish orzusi bilan keladi", - dedi Chusovitina.
Shuningdek, u Jahon chempionati finalida qaysi jamoaga muxlislik qilishini ham aytdi.
"Men Argentinaga muxlislik qilaman! Bugun qaysi jamoa yaxshiroq o'ynasa, o'sha g'alaba qozonadi. Har kimning o'z muxlislari bor, men esa argentinaliklarni qo'llab-quvvatlayman.
Menimcha, hisob 2:1 bo'ladi. Messi esa albatta gol uradi. Ijtimoiy tarmoqlarda Argentiyaga hakamlar yordam beryapti, degan gaplarni o'qiyman. Menimcha, mag'lubiyatni ham munosib qabul qilish kerak. G'alabaga eng kuchli jamoa loyiq bo'ladi", - deya qo'shimcha qildi u.



