

Garchand mazkur bellashuvda Mirjalol Qosimov shogirdlari hisobda oldinga chiqib olgan bo'lsa-da, "sherlar" iroda namoyish etgan holda birin-ketin ikkita to'p kiritishga muvaffaq bo'ldi hamda uch ochkoga ega chiqdi.
Shu tariqa, chempionat doirasida olmaliqliklarning "Paxtakor"ga qarshi o'yinlardagi g'alabasiz seriyasi 12 o'yinga etdi. Toshkent viloyati jamoasi so'nggi marta 2017 yil poytaxt klubini dog'da qoldirgandi.
Qolaversa, klub mezbon sifatida ketma-ket oltinchi Superliga bahsida amaldagi mamlakat chempioniga imkoniyatni boy berib qo'ydi.




