OKMK tajribali futbolchisi bilan hamkorlikni davom ettiradi

Sherzod Nurmatov
11 yanv 2024, 12:43
OKMK tarkibdagi shartnomasi tugagan futbolchilar bilan o'rtadagi bitimni uzaytirish borasidagi ishlarni davom ettirmoqda.

Olmaliq jamoasi bu gal Islom To'xtaxo'jaev bilan shartnomani uzaytirdi. Kelishuv muddati 1 yilga mo'ljallangan. Shu tariqa, Islom To'xtaxo'jaev 2024 yilgi mavsum yakuniga qadar OKMK jamoasi sharafini himoya qiladi.



34 yoshli futbolchi o'tgan mavsum olmaliqliklar tarkibida 19 ta o'yinda maydonga tushib, 1 ta golga assistentlik qilgan edi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: ОКМК матбуот хизмати