OKMK safida uzoq yillardan beri to'p surgan ikki nafar futbolchi jamoani tark etadi

Khoja
28 noya 2025, 08:03
OKMKning uzoq yillik futbolchilari Dilshod Ahmadaliev va Akram Komilov qishda jamoani tark etishlari mumkin.

Har ikki futbolchi uchun Superliga 30-turidan o'rin olgan "Mashal"ga qarshi o'yin katta ehtimol bilan olmaliqliklar safidagi so'nggisi bo'ladi.

Ma'lumot uchun, Komilov 2021 yildan beri OKMK safida harakat qiladi. U joriy mavsumning asosiy qismini jarohat sababli o'tkazib yubordi va Superligada 10 ta uchrashuvda maydonga tushib, 1 ta assist qayd etdi. Dilshod Ahmadaliev ham 2021 yildan beri olmaliqliklar safida to'p surib keladi. U joriy mavsum Superliganing barcha uchrashuvlarida maydonga tushdi va 5 ta golga assistlik qildi.

O'xshash yangiliklar


KhojaMuallif
Manba: championat.asia