FAKT. "Navbahor" Superligada "Jar" stadionida g'alaba qozona olmayapti

Iskandarov Abdulaziz
10 apr 2023, 08:57
Samvel Babayan ustozligidagi "Navbahor" kecha Toshkentda OKMK mehmoni bo'ldi.

"Jar" stadionida kechgan uchrashuvda olmaliqliklar har tomonlama raqibini mag'lubiyatga uchratdi. Kecha "Navbahor" mazkur arenada chempionat doirasidagi 14 uchrashuvida maydonga tushdi. Qiziq fakt shuki, jamoa shu kungacha biror marotaba bu o'yingohdan uch ochko bilan ortga qaytmagan. 

Dastlab "Akademiya" bilan to'qnash kelgan va 0:2 hisobida engilgan. "Lokomotiv"ga qarshi 4 uchrashuv 2 durang, 2 mag'lubiyat qayd etilgan. Keyinchalik "Jar"dan "Bunyodkor" foydalanishni boshladi. "Bunyodkor"  bilan 7ta bahs va barida mag'lubiyat "Olimpik" bilan o'tgan mavsumda kuch sinashdi va durangga imzo chekdi. OKMK esa yuqoridagi uch klubning ananasini davom ettirdi. 

"Lochinlar" faqatgina O'zbekiston kubogida biz tilga olgan arenadan 2 bor g'alaba qozonishga muvaffaq bo'lgan. "Lokomotiv" (2005), "Olimpik" (2022)

O'xshash yangiliklar


Iskandarov AbdulazizMuallif
Manba: championat.asia