"Jar" stadioni "Feyr-pley" sovriniga loyiq ko'rildi

Sherzod Nurmatov
16 dek 2025
Liga 2025 yilgi mavsumning eng yaxshilarini bosqichma-bosqich e'lon qilib keldi.

"Navbat "Feyr-pley" sovriniga yetib keldi. 

Biz bunda "Jar" stadioni nomzodida to'xtalishga qaror qildik. Zero 2025 yilgi mavsum "Jar" katta hajmdagi ishni bajardi va Liga bayrog'i ostidagi qator musobaqalarda qutqaruvchi rolida ko'rinish berdi. Biz buning uchun O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligiga, "Jar" sport sog'lomlashtirish kompleksi boshlig'i - polkovnik Tohriddin Najimov, bevosita stadion uchun asosiy mas'ul - podpolkovnik Abduhamid Nurmatovga minnatdorchilik bildiramiz va vazirlik ko'magida so'nggi yillarda sport infratuzilmasini rivojlantirish borasida oldinga sezilarli qadam tashlanganligini etirof etamiz.  

Jar bir mavsumning o'zida 6 klubga o'z bag'ridan joy berdi. Umumiy hisobda u Liga musobaqalari doirasida 40 ta bellashuvga mezbonlik qildi. Bundan tashqari Jar O'FA va OFK bayrog'i ostidagi qator ichki va xalqaro o'yinlarni o'tkazdi. Ommaviy futbol rivoji yo'lidagi bir qator tadbirlarni qabul qildi. Buning ortida tinimsiz va mashaqqatli mehnat borligi ham "Feyr+pley" sovrini egasini aniqlashda muhim omil bo'lib xizmat qildi", – deyiladi xabarda.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: pfl.uz