OK-2023 saralash bosqichi. Maldiv orollari Shri-Lankani kichik hisobda mag'lub etib, guruhda uchinchi o'rinni qo'lga kiritdi

Оқил Абдубарноев
14 iyun 2022, 18:52
Osiyo Kubogi-2023 hal qiluvchi saralash bosqichining 3-turidan o'rin olgan Maldiv orollari - Shri-Lanka uchrashuvi yakunlandi.

"S" guruhi autsayderlari to'qnashuvida Maldiv orollari minimal hisobda g'alaba qozonib, guruh bosqichini 3-o'rinda yakunladi. Qayd etish joiz, shri-lankalik futbolchi uchrashuv davomida penaltidan foydalana olmadi. Guruh g'olibligi uchun o'yin O'zbekiston va Tailand o'rtasida o'tkaziladi.

Maldiv orollari - Shri Lanka 1:0

Hakamlar: Ali Reda (Livan), Hassan Kanso (Livan), Hamza Abdulmajid (Iordaniya), Muhammad Hasan Mahmud Arafa (Iordaniya)

Gol: Hamza Muhammad, 63 (1:0)

Maldiv orollari: 22.Muhammad Faisal, 2.Samuh Ali, 3.Ahmad Numan, 4.Husayn Sifau Yusuf, 8.Aisam Ibrohim, 10.Hamza Muhammad, 13.Akram Abdul G'ani, 14.Haisham Hassan, 17.Ibrohim Mahudi, 19.Naiz Hassan (21.Irrohim Vohid Hassan, 56)

Zaxira: 1.Husayn Sharif, 18.Hassan Alif, 5.Sufianu, 6.Muhammad Umair, 9.Abdulla Yamin, 11.Ahmad Hassan, 12.Muhammad Saif, 15.Amdan Ali, 16.Hassan Raif Ahmad, 20.Hassan Shifaz

Shri Lanka: 22.Lakpriya Fernando, 3.Harsha, 4.Chalana Chamira, 6.Raznayake, 7. Akib, 8.Asikur Rahuman, 9.Muhammad Shifan Nazir, 10.Dillon Senan, 13.Jesuzasan (21. Aman, 83), 15.Nizarshan, 16.Hettige Don

Zaxira: 20.Prabaz Ruvan Arunasiri, 2.Madushan, 5.Kajakopan, 11.Shenal Sandesh, 12.Muhammad Shabir,  17.Jude Supan, 18.Abdul Basiz, 23.Dilhara

Ogohlantirishlar: Akram Abdul G'ani (37), Raznayake (60)


O'xshash yangiliklar


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: championat.asia