OFK prezidenti Avstraliya, Yaponiya, Janubiy Koreya va Tojikistonga omad tiladi

Xayrulla Xoliqov
27 okt 2019, 12:55
Kecha Braziliyada navbatdagi U-17 jahon chempionatiga start berildi.

Ushbu musobaqada Osiyodan to'rtta jamoa qatnashadi: Avstraliya, Yaponiya, Janubiy Koreya va Tojikiston. OFK prezidenti Shayx Salmon bin Ibrohim Al Xalifa Osiyo ishtirokchilariga omad tiladi. 

"Barcha to'rt jamoa U-16 Osiyo chempionatida o'zini ko'rsatib haqli ravishda jahon chempionati yo'llanmasini qo'lga kiritdi. Endi yosh futbolchilarning jahon chempionatida ham o'zlarini ko'rsatadigan payt keldi. Men barcha jamoalarga omad tilayman", - deyiladi OFK xabarida. 

Ma'lumot uchun, Avstraliya U-17 jamoasi dastlabki tur uchrashuvini Ekvadorga qarshi o'tkazib 1:2 hisobida mag'lub bo'ldi. Avstraliya navbatdagi ikki turni Vengriya va Nigeriyaga qarshi o'tkazadi. 

Janubiy Koreya guruh uchrashuvlarini Gaiti, Fransiya va Chiliga qarshi o'tkazsa, Yaponiya o'z guruhida Gollandiya, AQSH va Senegal bilan o'ynaydi. Tojikiston o'smirlar terma jamoasi esa guruhda Kamerun, Ispaniya va Argentina bilan kuch sinashadi.

O'xshash yangiliklar


Xayrulla Xoliqov Muallif
Manba: the-afc.com