Joriy yilning 8 fevralidan 21 fevraligacha davom etadigan mazkur kursda 21 nafar xorazmlik murabbiy tahsil olmoqda. O'quv-mashg'ulotlar jarayoni viloyat markazidagi 5-son futbolga ixtisoslashgan maktab-internat bazasida tashkil etilyapti. O'z navbatida tinglovchilar OFK instruktori Zoyir Hasanov rahbarligida kuniga ikki martadan nazariy va amaliy mashg'ulotlarni maromiga etkazishmoqda. Xorazm viloyati futbol federatsiyasi mutaxassisi Erkin Qadamov koordinator sifatida instruktorga yordam berayotir. Kursning e'tiborga molik tomoni shundan iboratki, uni tugatgan murabbiylar nafaqat “S” xalqaro sertifikati, shuningdek murabbiylar uchun belgilangan atestaciyadan o'tganligi to'g'risida sertifikatga ham ega bo'lishlari mumkin.
- O'quv-mashg'ulotlarimiz yuqori saviyada tashkil etilayotir, - deydi OFK instruktori Z. Hasanov. - Ikki haftalik kurs davomida tinglovchilarimiz yangi texnologiyalar asosida saboq olishadi. Ishonchim komilki, kelgusida kursni tamomlagan murabbiylar bu yerda egallagan malaka va ko'nikmalarini yosh futbolchilarga o'rgatishadi. Kezi kelganda, kurs ishini tashkil etishda va uni o'tkazishda yaqindan ko'maklashayotgan Xorazm viloyati hokimligi, viloyat futbol federatsiyasi va 5-son futbol maktab-internati rahbariyatiga samimiy minnatdorchiligimni bildiraman.
Ikrom XUDOYBERGANOV.