

Ushbu xatda FIFAning tegishli sertifikatiga ega bo'lmagan sun'iy maydonda OFK musobaqalari va o'yinlari o'tkazish mumkin emasligi haqida yozilgan. Stadion sertifikati bahs oldidan o'yin komissari tomonidan tekshirilishi kerakligi aytib o'tilgan.
Eng qizig'i OFK ushbu stadionda tekshiruv ancha yillar oldin bo'lganini bilmagan yoki tashkilotga yolg'on ma'lumot yuborilgan.
Ashxoboddagi mazkur stadionda "Paxtakor" "Ahal" bilan durang o'ynagan va qimmatli 2 ochkoni yo'qotgandi. Aynan shu 2 ochko yakunda "Paxtakor"ga etmay qolishi mumkin. O'zbekiston milliy terma jamoasi esa bir amallab Turkmanistonni mag'lub eta oldi.
5 dekabr kuni "Ahal" o'z maydonida BAAning "Al Ayn" klubini qabul qiladi. Bu bahs "Ashxobod"dagi o'sha sun'iy maydonda bo'ladimi yoki yo'qmi bu hamma uchun qiziq holat.



