OFK 6 aprel kuni saylov o'tkazadi

Xayrulla Xoliqov
2 noya 2018, 12:53
2019 yilning 6 aprel sanasida OFK prezidentligi uchun navbatdagi saylov jarayoni bo'lib o'tadi.

OFK Nizomiga ko'ra, yangi tuziladigan Ijroqo'm a'zolari ham to'rt yil muddatga saylanadi va bu 2019-2023 yillarni o'z ichiga oladi. Xuddi shu kuni Malayziya poytaxti Kuala Lumpurda tashkilotning 29-kongressi ham bo'lib o'tadi.

6 aprel kuni quyidagi o'rinlar uchun saylov o'tkaziladi:

- OFK prezidentligi va FIFA vice-prezidentligi
- Besh nafar OFK vice-prezidentlari
- Olti nafar FIFA Kengashi a'zosi va ulardan biri ayol kishi bo'lishi
- Umumiy hisobda besh nafar ayol OFK Ijroqo'm a'zosi va ulardan biri FIFA Kengashi a'zosi bo'lishi
- To'qqiz nafar OFK Ijroqo'm a'zolari

Saylanuvchilar o'z nomzodlarini shu yilning 6 dekabr Malayziya vaqti bilan soat 24:00ga qadar OFK kotibiyatiga taqdim etishlari shart. 31 oktyabr kuni o'zgartirish kiritilgan Nizomga ko'ra, OFK prezidentligi uchun nomzodlar OFKga a'zo uchta boshqa davlat federatsiyasining qo'llab-quvvatlashi tufayli o'z nomzodini qo'yishlari mumkin.

OFK Ijroqo'm a'zoligiga da'vogarlar esa faqat o'zlari ishlayotgan tashkilot nomidan o'z nomzodlarini qo'ya oladilar. OFKga a'zo har bir tashkilot faqat bir kishining nomzodini ilgari surish huquqiga ega. Agar nomzodlar soni ikki yoki undan ko'p bo'lsa, bu o'rinda nomzodlar bekor qilinadi. Yani, hech kim saylovda ishtirok etmaydi.

OFK Saylov komissiyasi a'zolari uch nafar bo'lib (Randall Kanliffe (Guam), Lim Kia Tong (Singapur) va Endryu Xanter (Gonkong), ular saylov jarayonining shaffof o'tishini kuzatib borishadi. Shuningdek, tashkilotchilik ham shu insonlar zimmasida bo'ladi.

O'xshash yangiliklar


Xayrulla Xoliqov Muallif
Manba: championat.asia