

Terma jamoa bosh murabbiyi Samvel Babayan Suriyaga qarshi uchrashuv oldidan bo'lib o'tgan matbuot anjumanida ham buni tasdiqladi. Moskvaning “Lokomotiv” safida to'p surayotgan Vitaliy Denisov “Spartak” klubiga qarshi (1:1) Rossiya chempionati 20-turida jarohat olgandi. Shu sababli u Malayziyaga bora olmadi.
O'zbekiston futbol Federatsiyasi Vitaliy Denisovning ahvolini kuzatib boryapti. Uning Qatarga qarshi Toshkentda bo'lib o'tadigan o'yinda ishtirok etish-etmasligi tibbiy ko'rikdan so'ng ma'lum qilinadi.
Eslatib o'tamiz, Qatar terma jamoasiga qarshi uchrashuv 28 mart kuni Toshkentdagi “Bunyodkor” stadionida bo'lib o'tadi. O'yin 18:00 da boshlanishi ko'zda tutilgan.



