O'FF Prezidenti va xodimlari “O'zbekiston Konstituciyasiga 25 yil” esdalik nishonlari bilan taqdirlanishdi

Narzulla Saydullayev
7 dek 2017, 16:05
O'zbekiston Futbol Federatsiyasi Prezidenti Umid Ahmadjonov ham "O'zbekiston Konstituciyasiga 25 yil" esdalik nishoni bilan taqdirlandi.

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoevning 2017 yil 29 noyabrdagi farmoyishiga binoan Konstituciyamiz qabul qilinganining 25 yilligi munosabati bilan mamlakatimizda amalga oshirilayotgan barcha islohotlarda jonbozlik ko'rsatib kelayotgan, Bosh qomusimizning hayotimizdagi o'rni va ahamiyatini keng targ'ib etish ishiga munosib hissa qo'shgan bir qator yurtdoshlarimiz qatorida O'zbekiston Futbol Federatsiyasi Prezidenti Umid Ahmadjonov ham "O'zbekiston Konstituciyasiga 25 yil" esdalik nishoni bilan taqdirlandi.  

Shuningdek, O'zbekiston Futbol Federatsiyasining xodimlari - Muzaffar Qosimov, Shuhrat Shermatov, Diyor Isametdinov, Mamur Saidqosimov, Baxtiyor Mametov, Alim Arifov, Shuhrat Saydaliev, Shamil Iseev, Mardon Ishanjanovlarga  ham shunday esdalik nishonlari topshirildi.

Bundan tashqari, ikki nafar FIFA referisi Valentin Kovalenko va Sherzod Qosimovlar ham mana shunday yuksak etirofga loyiq deb topilishdi.


O'xshash yangiliklar

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: the-uff.com