O'FF Kubogi musobaqasining 3-tur natijalari

Narzulla Saydullayev
15 dek 2017
2001 yilda tug'ilgan o'smirlar o'rtasida O'zbekiston Futbol Federatsiyasi Kubogi musobaqasi davom etmoqda.

14 dekabr kuni musobaqaning 3-tur uchrashuvlari bo'lib o'tdi.

3-turda qayd etilgan natijalar bilan tanishing:
“Neftchi” – “Spartak” 0:1
“Lokomotiv” – “Nasaf” 0:3
“Bunyodkor” – “Paxtakor” 0:2
“Andijon” FMI – “Mashal” 1:2

Musobaqaning 16 dekabr kunidagi taqvimi:
09:00 "Spartak" - "Lokomotiv"
11:00 "Andijon" FMI - "Neftchi"

Yarim final
13:00 "Paxtakor" - "Mashal"
15:00 "Nasaf" - "Bunyodkor"

17 dekabr kuni 5-6, 7-8 hamda 3-o'rinlar uchun bahslar va final uchrashuvlari bo'lib o'tadi. Taqdirlash marosimi 17-dekabr kuni soat 17:00da bo'ladi.

Marosimda musobaqaning "Eng yaxshi futbolchisi", "To'purari", "Eng yaxshi darvozaboni" aniqlanadi va "Fair play" sovrinlari topshiriladi.


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: the-uff.com