O'FA tasdiqladi, Abduqodir Husanov bugun olimpiya terma jamoasi ixtiyoriga qo'shiladi

Alisher
21 apr 2024, 16:07
Xabar tasdiqlandi.

"O'zbekiston futbol assotsiatsiyasi Abduqodir Husanovning Osiyo kubogida ishtirok etishi borasida Fransiyaning "Lans" klubi bilan davomiy muzokaralar o'tkazdi va o'zaro kelishuvga erishdi. 

Futbolchimiz bugun oqshomda olimpiya terma jamoasi ixtiyoriga kelib qo'shiladi", - deyiladi xabarda.

Eslatib o'tamiz, bunga qadar saytimiz orqali "Lans" Abduqodir Husanovni olimpiya terma jamoasiga qo'yib yuborgani haqida xabar bergandik. 

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: championat.asia