O'FA qoshida yangi futbol maktabi tashkil qilinayapti

Narzulla Saydullayev
26 yanv 2018, 16:42
O'zbekiston futbol Assotsiatsiyasining tashabbusi bilan poytaxtda yangi bolalar futbol klubi tashkil etildi.

Yevropa metodikasida, zamonaviy tarzda ish boshlashi ko'zda tutilgan klub katta yoshdagi futbolchilarni ham o'z safiga jalb etadi. Klubning 2001 yilda tavallud topgan futbolchilariga, "Paxtakor" safiga ko'plab futbolchilarni yetishtirib bergan Dmitriy Kim bosh murabbiy etib tayinlandi. Vladimir Kozak, Jaloliddin Masharipov va Jamshid Iskanderov kabi O'zbekiston chempionlarini tarbiyalagan murabbiyga, ikkilanmay 2000 va 2002 yillarda tavallud topgan futbolchilarni topshirishingiz mumkin.

Shuningdek, klubning 2003-2006 yilda tavallud topgan futbolchilar uchun ham yaxshi saviyadagi murabbiylar Sizni kutib turibdi.

Mashg'ulotlar, "Chig'atoy" futbol bazasida bo'lib o'tadi.
Ma'lumot uchun telefon: +99890 954 4620 (2006-2004 yillar uchun), +99890 9440409 (2000-20003)


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia