O'FA hamda Tojikiston futbol federatsiyasi hakamlik borasida yaqin hamkorlikni yo'lga qo'ymoqda

Sherzod Nurmatov
18 noya 2021, 20:15
Bugun Tojikiston futbol federatsiyasi hakamlar departamenti rahbari Rustam Abdulloev O'FA mehmoni bo'ldi.

"Dastlab O'FA birinchi vice-prezidenti Ravshan Ermatov mamlakatlarimiz o'rtasida yaqin qo'shnichlik aloqalari hamda futbolni rivojlantirish borasida harakatlar yangi bosqichga chiqqanidan mamnun ekanligini bildirdi. O'z navbatida Abdulloev yangi istiqbolli loyihalarni birgalikda amalga oshirishga tayyor ekanligini aytdi. 

Shundan so'ng TFF hakamlar departamenti rahbari va O'FA hakamlar bo'limi boshlig'i Erkin Baxtiyorov o'zaro hamkorlik memorandumini imzolashdi. 

Ushbu memorandum asosida ko'plab istiqbolli loyihalarni birga amalga oshirish kelishib olindi. Xususan, o'zaro tajriba almashish, o'zaro yig'inlarini birgalikda tashkil etish, O'zbekiston va Tojikistonning mahalliy chempionat uchrashuvlarini boshqarishga o'zaro tajribali hakamlarni jalb etish amaliyotini yo'lga qo'yish kabi takliflar maqullandi", – deyiladi O'FA rasmiy xabarida.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: ЎФА матбуот хизмати